Qo`mita yangiliklari
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 282,6 trln. so‘mni tashkil etdi.
27/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,3 % ni tashkil etadi.
27/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 50,5 % ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 332,1 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 18 117,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,9 %), qishloq aholisi soni 17 486,4 ming kishi (49,1 %)ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 10 994,9 ming so‘mni (yoki 995,3 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.
27/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022- yilning yanvar-iyun oylari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ni dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshlig’i Q. Berdikulov boshchiligida Toshkent shahar va Toshkent viloyati boshqarmalarida uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,6 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,4 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 2,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,1 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 3,9 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,6 f.p.)ga ko‘paydi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 40,2 trln. soʻmdan iborat boʻlib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1/4 ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 8,1 % ga oshgan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 389,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022 - yil yanvar-iyun oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etib, (2021 - yil yanvar-iyun oylarida 2 968,5 ming so‘m bo‘lgan) 2021 - yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 % ni tashkil qildi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 395,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming dona avtomashinalar import qilgan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Milliy statistika xizmatlarining maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning I yarim yilligida Qozogʻiston Respublikasida inflyatsiya darajasi 10,5 % ni, Qirgʻiziston Respublikasida 9,1 % ni, Tojikiston Respublikasida 4,0 % ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston qiymati qariyb 450 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida – 57,6% ni, Buxoro viloyatida – 35,2% ni, Surxondaryo viloyatida – 34,6% ni, Jizzax viloyatida – 32,5% ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.
689-sahifa 1011 dan


