Qo`mita yangiliklari

2022- yil 28- iyul kuni O‘zbekistonda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun  oʻz hududlari miqyosida  bevosita masʼul  etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 4,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,3 ming tonna bodring eksport qilgan.

Joriy yilning iyun oyida kartoshka 10,4 % ga arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatdan qiymati 41,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 184,7 ming dona konditsionerlarni import qilgan.

2022- yilning iyun oyida ketma-ket ikkinchi oy davomida sarimsoq (17,3 % ga) arzonlashdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami –  8,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

        Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning ulushi –  23,1% ni,  o‘zgarishsiz deb baholagan korxonalarning ulushi –  70,6% ni,  kamaygan deb baholagan korxonalarning ulushi – 6,3% ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar–iyun oylarida norasmiy sektor tomonidan eng yuqori o‘sish sur’ati Qoraqalpog‘iston  Respublikasi (2021- yining mos davriga nisbatan 129,5 % ), Surxondaryo viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 114,0 % ), Qashqadaryo viloyati (2021- yining mos davriga nisbatan 113,9 % )ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi norasmiy sektorida bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 16,9 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,3 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 41,5 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 34,1 % ini tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida O`zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalarning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 4,2 % ni tashkil etdi.

2021/2022 o‘quv yili boshiga respublikamizda 25 ta xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritgan.

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni 2021/2022 o‘quv yilida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 808,4 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 29,2 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib, so’nggi besh yilda ularning o‘sish sur’ati qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Joriy yilning 26-27-iyul kunlari BMTning UNICEF xalqaro jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspertlar ishtirokida Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarining bolalarga oid koʻrsatkichlarini yigʻish hamda tizimlashtirish yoʻnalishlarini belgilashga koʻmaklashish maqsadida tadbir tashkil etildi.

2022- yilning 1- iyul holatiga respublikaning demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda: