Qo`mita yangiliklari

 Noyabr oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3 % ga oshgan.

 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha jami 276 852 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yil 1- iyun milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2021- yil 1- oktabr holatiga, Andijon viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 087,8 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,3 %), shundan sigirlar – 373,4 ming boshni (103,1 %), qo‘y va echkilar – 1 477,5 ming boshni (102,4 %), otlar – 6,7 ming boshni (100,4 %) hamda parrandalar – 8 116,0 ming boshni (104,6 %.) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabrida Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 81,7  % ni tashkil qildi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda jami 328 255 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 313 412 tasi faoliyat yuritmoqda.

2021- yil yanvar- noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  4821,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 91007,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 5,0 % va 95,0 % ni tashkil etdi.

2020- yil yakunida mamlakatimizda terapevtik ixtisosligi bo‘yicha shifokorlar soni 20,8 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 1,1 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida savdo xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan - 23 018,6 mlrd. so‘m.

Tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur‘ati 168,4 % ga o‘sib, Samarqand tumanida kuzatildi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 27,6 mln. AQSh dollariga teng qariyb 62 ming tonna xurmo eksport qilgan.

2020- yil yakunida mamlakatimizda dermato-venerolog ixtisosligi bo‘yicha shifokorlar soni 1,4 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 0,3 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yil yanvar- noyabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 91 218 ta bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda:

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 525,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 18,5 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM (YAQQ) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 23,6 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 1,0 foiz punktga oshdi.

Yangi yil arafasida, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi sohada xizmat ko’rsatgan xodimlar va ehtiyojmand olilalar holidan xabar olinmoqda.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 37,9 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi.

 Joriy yilning 21- dekabr kuni videokonferensaloqa tarzida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi statistika idoralari rahbarlari kengashining 63- yig’ilishi o‘z ishini boshladi.

2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 303 tani tashkil etdi.