Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston raqamlarda statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar chop etilgan.

“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 31- yanvar sonida Davlat statistika qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Xalqaro taqqoslash dasturi O‘zbekistonga nima beradi?” nomli maqolasi chop etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi

2021- yilning yanvar oyi davomida tovarlar va xizmatlar 1,0 % ga qimmatlashdi. Yillik nisbatda (2020- yilning yanvar oyiga nisbatan) iste’mol bozoridagi narxlarning o‘sish sur’ati 11,6 % ga yetdi.

Joriy yilning  27–28- yanvar kunlari Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika idoralari xodimlarining sohaviy bilim darajasini yanada mustahkamlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Mamlakatimizda pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, aholida kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirish va sog'lom ovqatlanish targ'ibotini sog'lom turmush tarzi garovi sifatida kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 28- yanvar kuni Samarqand davlat chet tillari institutida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021- yil 28- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi.

2021- yilning 28- yanvar kuni poytaxtimizdagi Yashnobod tumanida Davlat statistika qo‘mitasi hamda Yashnobod tumani hokimligi tomonidan “2023- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 28- yanvar kuni poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida “O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi” loyihasini muhokama qilish bo'yicha milliy maslahat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

2021- yilning 27–29- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

2020- yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019- yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaydi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumandagi 18-sonli musiqa maktabida “Aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish” mavzusida seminar o`tkazildi.

2021- yilning 26- yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mutaxassislari hamda Jahon banki eksperti ishtirokida Jahon rivojlanish indikatorlari bazasida O‘zbekiston Respublikasining mavjud bo‘lmagan indikatorlarini shakllantirish masalasi bo‘yicha videokonferensaloqa rejimida muloqot tashkil etildi.

2020- yilning yanvar–dekabr oylari yakuniga ko‘ra, respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36 299,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 5 451,7 mln. AQSh dollariga yoki 13,1 % ga kamaydi.

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.