Qo'mita yangiliklari

Joriy yilning 25–26- noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri mahkamasi huzuridagi Hukumat liderlari dasturi hamkorligida “Rahbar ayollar” mavzusida onlayn forum o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 17,6 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida davlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan jami 3,0 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 4,1 % ini tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida shu yil 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va xalqaro tashkilotlarning yurtimizdagi vakolatxonalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik ish rejasida 2020- yil 25- noyabr – 10-dekabr kunlari “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasini o‘tkazish belgilangan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma‘lumotlariga asosan uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,2 kishini tashkil etdi. 

Joriy yilning 25- noyabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasining Koreya Respublikasining statistika tashkiloti  (KOSTAT) vakillari bilan onlayn tarzda navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Usmonobod” mahallasida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi loyihalarini dastlabki sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kuzatuvlar davom etmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

2020- yil yanvar-oktabr oylarida Axborot va aloqa xizmatlari sohasida 1 569 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2020- yil 1- noyabr holatiga 9 214 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,7 foizga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-sentabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 3,2 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 5,3 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 10,1 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 19,5 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 23,3 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 38,6 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

O'zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, aholida kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirish va sog‘lom ovqatlanish targ‘ibotini sog‘lom turmush tarzi garovi sifatida kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan 4886 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 26,9 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 112,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24- noyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va o'qitish markazi (SESTRIK) tomonidan "Islom hamkorlik tashkiloti 

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2020- yil 24- noyabr 226- sonida Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig’i Berdikulov Kobil Gulamovichning gazetaga bergan intervyusi asosida O’zbekiston aholisini 2023- yilda ro’yxatga olish puxta tayyorgarlikka asoslanadi” nomli maqola chop etildi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2020- yil 24- noyabr 226- sonida Davlat statistika qo‘mitasi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qiyomxon Ahmedovning O’zligimiz va davlatchiligimiz timsoli” nomli maqolasi chop etildi.

Joriy yilning 24- noyabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti Komissiоneri janob Shin-Wook Kang boshchiligidagi KOSTAT vakillari bilan onlayn tarzda uchrashuvi tashkil etildi.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasini dastlabki sinovdan o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Usmonobod” mahallasida kuzatuv o‘tkazish ishlari boshlandi.