Qo'mita yangiliklari

2022- yil yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 129 taga kamligini ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati statistika hamda viloyat turizm boshqarmalari hamkorligida Andijon viloyati hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar o'tkazilishi belgilangan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga qiymati 28,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 92,6 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.

Hududlar kesimida 2022- yil yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri — 2339,1 ming soʼm (yoki, 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,9 %), undan keyin mos ravishda Navoiy — 1026,9 ming so‘m (yoki 104,5 %), Toshkent – 803,4 ming soʼm (yoki 106,2 %), Buxoro – 781,8 ming so‘m (yoki 101,2 %), Sirdaryo – 600,3 ming so‘m (yoki 82,3 %) viloyatlari egalladi.

 2022- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 26799,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 53,5 % ini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida  ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % punktga ko‘paydi va 15,3 % ni tashkil etdi. Qolgan 84,7 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,0 % punktga kamaydi.

2022- yil yanvar-mart oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida kuzatildi – 53,5 % yoki  1962,2 mlrd. so‘m. 

Respublikamizda 2022- yil yanvar- aprel oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 34 223 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

2021/2022 o‘quv  yili boshiga mamlakatimizda akademik litseylarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 35,9 ming nafarni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida respublikamizda 1 864,1 ming tonna sut yetishtirilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM 7 002,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 3,1 % ga o‘sdi.

 2022- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 72,5 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 12,7 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 8 077,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 14,7 % ga o‘sdi.

Jizzax viloyatida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 96,7 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 76,5 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda.

 2022- yilning 1- may holatiga respublikamizda jami 44 836 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 054 taga ko‘p. 2022- yil yanvar- aprel oylarida 1 816 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

2021/2022- o‘quv yili boshida mamlakatimizda akademik litseylar soni 86 tani tashkil etdi.