Qo`mita yangiliklari

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan kir yuvish mashinalari soni oʻrtacha 98 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 20-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyun holatiga jami 395 364 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 33,4 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,6 % ga oshgan.

Statistik ma’lumotlar jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflash va boshqarishning eng muhim vositasidir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 20-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekistonda statistika tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bugungi kunda respublikada 63,2 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 11,3 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 17,9 % ) Toshkent shahriga, 6,7 mingtasi (10,6 %) Farg‘ona viloyatiga, 6,5 mingtasi (10,3 %) Toshkent viloyatiga, 5,3 mingtasi (8,4 %) Samarqand viloyatiga va 5,1 mingtasi (8,1 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan konditsionerlar soni oʻrtacha 50 tani tashkil etdi.

Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida, 

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 15,7 trln soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 18,8 % ga oʻsgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 9 354,4 mlrd soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,4 % ini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida 15,1 ming nafar Janubiy Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi ulushi 77 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 15 923,4 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyun holatiga koʻra, 294 950 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 3 768,9 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.