Qo'mita yangiliklari

2019-yil 24-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish diagnostikasi: qanday qilib ko‘p va qulay sharoitga ega ish joylarni yaratish mumkin?” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Joriy yil 24-oktabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida “Oqdaryo tumani misolida hududiy statistika organlari faoliyatini tashkil etish masalalari” mavzusida o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

2019 – yilning yanvar – sentabrida 72,4 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 martaga ko'p demakdir.

Joriy davrda 134029,4 mlrd. so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirilib, ularning 79,0 % yoki 105092,2 mlrd. so`m jalb etilgan mablag`lar hisobidan moliyalashtirilgan bo`lsa, korhona, tashkilot va aholining o`z mablag`lari hisobidan 21,0 % yoki 28937,2 mlrd. so`m moliyalashtirildi.

Respublika bo`yicha YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 14,0 % ulush bilan eng katta hissa qo`shdi. Toshkent viloyati 10,1 % va Samarqand viloyati 7,6 % ko`rsatkich bilan keyingi o`rinlarni egallab turibdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2019-yilning yanvar–sentabrida O`zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 361 858,4 mlrd. so`mni tashkil etdi va 2018-yilning yanvar–sentabri bilan taqqoslaganda 5,7 % ga o`sdi.

Ma'lumot (narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo olinadi, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi)

2019 yil yanvar-sentabr oylarida O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2213,4  ming so’mni

Joriy yilning 23-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Muomala madaniyati va boshqaruv qobiliyati” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Joriy yilning 23–25-oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilayotgan Islom hamkorlik tashkiloti Statistika komissiyasining 8-sessiyasida ishtirok etmoqda.

23/10/2019 • 2019

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga Respublika doimiy aholi sonining 30,5 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,1 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,4 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2019-yilning yanvar-sentyabr holatiga aholi umumiy daromadlari 251,8 trln. so’mni, nominal o'sish sur'ati 122,3% ni tashkil etdi.

2019 yilning yanvar - sentyabr oylarida qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 156 667,1 mlrd. so'mni yoki 2018 yilning mos davriga nisbatan 102,4 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining  2019-yil 30-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida Bo‘zatov tumanini tuzish to‘g‘risida”gi KQ-585-III-son  qaroriga muvofiq, uning statistika ishlarini bajarish jarayonida foydalaniladigan statistik klassifikatsiyalar tizimida aks ettirilishini ta'minlash maqsadida Ma'muriy-hududiy tuzilmalarni (ob'ektlarni) belgilash tizimi idoraviy statistik tasniflagichiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Davlat statistika qo‘mitasida 21-oktabrdan 1-noyabrga qadar Osiyo taraqqiyot banki ishchi guruhi tomonidan xodimlarning bilimi va tajribasini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yordamlashish maqsadida turli uchrashuvlar tashkil etiladi.

Dastlabki ma’lumotlar bo’yicha, 2019-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 234,7 trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,0 % ni  tashkil etdi.

Kadrlar salohiyati, ma’naviyati va ularning huquqiy madaniyati doimiy e’tibor talab etadigan mas’uliyatli vazifadir. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan bu borada ko‘plab ijtimoiy, ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu yo`nalishda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida respulikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 31 645,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 8 577,1 mln.