Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 16-aprel kuni Statistika agentligida Open Data Watch xalqaro tashkilotining Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar va Gender Data Compass (Gender ma’lumotlari kompasi) reytinglari eksperti Jemison Xenninger bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tiklanish va taraqqiyot jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 1,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 153 795 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 803,9 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7  barobarga oshgan.

2024-yil 17-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Markaziy apparat xodimlari hamda Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro ekspertlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining ish joyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 14,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 181 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 176 523,9 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 5-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qashqadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi o‘zaro hamkorlikda  jamiyatda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha “Kelajakni korrupsiya illatidan asraylik” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 14,3 ming nafar Turkiya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

 2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida togʻ-kon sanoatida 36,3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Joriy yilning 17-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahrida (ushbu hududdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 99,9 % i), Surxondaryo viloyatida (ushbu hududdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 98,7 % i) qayd etildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 6,4 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar–dekabr oylarida Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 2 833,3 ming t. goʻsht (2022-yilning yanvar–dekabriga nisbatan 103,9 %), 11 968,7 ming tonna sut (102,9 %), 8 487,5 mln. dona tuxum – (104,4 %) yetishtirildi va 198 874 t. baliq (107,3 %) ovlandi.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 1 121 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.