Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish” boʻlimi xodimlari uchun Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 14,7 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 96 %  ulushini tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Fargʻona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 2 560 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 068 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 73 % ni tashkil etgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda korxona va tashkilotlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

2023-yil yakunlariga koʻra, Toshkent viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 23 266,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 198,9 ming tonna baliq ovlangan.

Joriy yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 5,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  73,7 % ni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Buxoro viloyati boʻyicha 1 059 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublikamizda veterinariya xizmatlari hajmi 165,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu xizmat turining jami hajmida Toshkent shahrining ulushi 67,5 % (111,5 mlrd. so‘m) ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 9,6 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 80,2 %  ulushini tashkil etgan.

Surxondaryo viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlari hajmi 9 979,1  mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga 2 715 nafar Avstriya fuqarolari tashrif buyurgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga jami roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 688 345 tani tashkil etgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yil yakunlariga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 56 901,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.