Qo'mita yangiliklari

Joriy yilning 3- dekabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bо‘lib о‘tdi.

2020- yilning 2- dekabr kuni Qirg’iz Respublikasi statistika qo’mitasi, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika boʻyicha yakuniy seminari boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 1- iyul holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 356 tani tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan davrda ularning soni 1 782 taga ko‘payib, 2020- yil 1- noyabr holatiga ko’ra 29 138 taga yetdi.

O‘zbekistonda shu yilning yanvar–oktabr oylarida 8 804,0 ming tonna sement ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 102,6 % ga o‘sgan.

Joriy yilning 2- dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatni keng tushuntirish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 2-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda boshqarmaning faoliyati, о‘tkazilayotgan tadbirlar, tahliliy statistik ma’lumotlarni OAVda yoritish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bо‘lib о‘tdi.

Joriy yilning 2- dekabrda Davlat statistika qo’mitasida 2021–2027- yillarda O’zbekiston uchun Evropa Ittifoqining ko'p yillik hamkorlik dasturi muhokamasi bo’yicha videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 3 134,1 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 53,8 ming tonnaga oshgan yoki o‘sish sur‘ati 101,7 % ni tashkil etgan.

2020- yilning 1- dekabr kuni videokonferensaloqa tarzida Jahon Banki guruhi missiyasi bilan Davlat statistika qo’mitasi vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 401 727 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 677 tani (22,3 %) tashkil qiladi.

Янги Ўзбекистон” gazetasining 2020- yil 2- dekabr 232- sonida Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovichning “Milliy statistikaning yangi bosqichi zamonaviy yondashuvlarga asoslanadi” nomli maqolasi chop etildi.

2020- yilning 10 oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 401 727 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 21,7% ga o‘sgan.

Joriy yilning 1- noyabr holatiga, O‘zbekiston Italiyadan qiymati 1,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln. AQSh dollariga kam.

Joriy yilning 1- noyabr holatiga, O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln. AQSh dollariga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi

2020- yilning yanvar-noyabrida o‘rtacha oylik INI o‘sishi sur’ati 0,8 % ni, 2019-  yilning shu davrida 1,1 % ni tashkil etgan.

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 2020- yil 25- noyabr 42-sonida Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘limi boshlig‘i Musaev Qodirbek Abduqodirovich va bosh yuristkonsult Axunov Sherzod Adxamovichlarning “Statistika nima degani va u nimalarga xizmat qiladi?” nomli maqolasi chop etildi.