Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Samarqand viloyatida jami 6,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 8 796 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylari holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 72,2 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 7 114,4 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida 1 ta muzey, 1 ta teatr, 2 ta konsert tashkiloti, 2 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 30 ta madaniyat markazi, 3 ta kinoteatr va 78 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 10 331,5 mlrd. so‘mni, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 110,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 18-22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida “BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining aholini ro‘yxatga olish haftaligi – 2023” aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 119,8 trln. soʻmni tashkil etdi. Bu esa 2021-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini 18,6 trln. soʻmga oshganini koʻrsatdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 6 938,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,1 % ga o‘sdi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiya ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 12 750 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida 3,4 trln. soʻmlik asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Buxoro viloyatida jami 5,8 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 3 802 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,8 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 15 684,4 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,3 %ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 11 461,3 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,0 %ini tashkil etdi. 2022-yil yanvar-avgustga nisbatan o‘sish sur’ati 122,3 % darajasida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 220,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,5 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 59,0 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.