Qo`mita yangiliklari

2023-yil yanvar-iyul oylarida ijara xizmatlari 3 878,2 mlrd. soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 45 986,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 10,8 %ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 646 tonna amortizator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 33,6 % ga oshgan.

2022-yil yakunlariga koʻra kichik korxona va mikrofirmalarda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni 39 078 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatiga Sifat menejmenti tizimini joriy etish maqsadida ISO 9001:2015 standartini olishga tayyorlash (ishlab chiqish, joriy etish va o‘qitish) bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonani tanlab olish uchun tanlov e’lon qilindi.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 599 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 4,7 %ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida 8 163 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari AQSHga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 69 983 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 873 nafarga (9,2 %) koʻpaygan.

2023- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 78,0 %ni tashkil etadi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 7 148,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,7 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 264,8 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,0 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida qurilish sohasida 3 427 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida 10 ta muzey, 5 ta teatr, 3 ta konsert tashkiloti, 8 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 58 ta madaniyat markazi, 3 ta kinoteatr va 1 468 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 47 726 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 485 nafarga (-1,0 %) kamaydi.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 70,2 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyul oylari yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari 23,7 % tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar moliyaviy xizmatlar (23,3 %), transport xizmatlari (23,0 %), aloqa va axborotlashtirish (6,8 %), shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlar (4,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 033,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,4 % ga o‘sdi.