Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2022- yil 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan savdo korxonalarining soni 181 725 ta boʻlib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan.

2021-yil yakunlari maʼlumotlari asosan kichik korxona va mirofirmalarda yil oxiriga mehnat daftarchasi mavjud boʻlgan xodimlar soni 1388,1 ming kishini tashkil etgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda tabiiy fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni 9,3 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yil yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari boyicha past hajm, Sirdaryo viloyati  - 1 654,8 mlrd. so‘m, yoki jamiga nisbatan ulushi 2,1 % ni,   Jizzax viloyati - 2 561,2 mlrd. so‘m yoki 3,2 %ni, Xorazm viloyati - 3 325,4 mlrd. so‘m yoki 4,2 %ni va  Navoiy viloyatida - 4 025,5 mlrd. so‘m yoki 5,1 %ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida viloyatida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 89,2 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 0,7 % ini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 66,7 %ni tashkil etadi.

1991-yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida ayollarning ulushi 50,6 foizni tashkil etgan. 

2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni 30,3 ming nafarni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 109 ta davlatdan qiymati 3,2 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.

Joriy yilning 29- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda qoʻmita markaziy apparati xodimlari va Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi (302,2 mlrd. so‘m).

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida YAHM hajmi 7,9 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 30,8 mln. m² gilam ishlab chiqarilgan.

2022- yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 barobarga oshgan.

Buxoro viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6836,2 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,9 % ini tashkil qildi.  

 2022- yil yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari bo‘yicha yuqori hajm, Toshkent shahri - 16 839,3 mlrd. so‘mni, yoki jamiga nisbatan ulushi 21,3 % ni, Samarqand viloyati -5 500,6 mlrd. so‘mni, yoki 7,0 % ni, Farg‘ona viloyati - 5 367,1 mlrd. so‘m, yoki 6,8 % ni va Toshkent viloyatida - 5 154,5 mlrd. so‘mni, yoki 6,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida tijorat bank kreditlari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 528,4 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 4,5 % ini tashkil etdi.