Qo`mita yangiliklari

 2022- yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikni o‘sgani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- mart oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Namangan viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 65,5 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 002,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan muhim sohalardan biri hisoblanib, 2022- yil 1- aprel holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

Navoiy viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 39,2 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 14 089,2  mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020-  bilan taqqoslaganda 4,6 % ga o‘sdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Andijon viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 160 tani tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida 50,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 61,1 % i yoki 30,6 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 38,9 % yoki 19,5 trln. so‘m moliyalashtirildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 24071,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 18- aprel kuni Jahon Banki eksperti Dmitro Kotlyar tomonidan “Korrupsion xavflarni boshqarish asoslari” mavzusida onlayn trening tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 653,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari tarkibida qayta ishlash sanoati bo`yicha hududda o`zlashtirilgan investitsiyalarning 25,0 % i o`zlashtirildi.

Hududlar kesimida 2022- yil yanvar-fevral oylarida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri – 1361,5 ming so‘m yoki, 2021- yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 101,2 %,   undan keyin mos ravishda Navoiy (474,4 ming so‘m yoki 95,1 %), Sirdaryo (385,8 ming so‘m yoki 75,0 %), Toshkent (374,2 ming so‘m yoki 94,4 %), Buxoro (365,7 ming so‘m yoki 97,3 %) va Qoraqalpog‘iston (324,1 ming so‘m  yoki 95,5 %) viloyatlari egalladi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari tarkibida qayta ishlash sanoati bo`yicha hududda o`zlashtirilgan investitsiyalarning 9,3 % i o`zlashtirildi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 23 622,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 4,6 % ga o‘sdi.