Qo`mita yangiliklari

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YaHM hajmi 5,3 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 101,1 % ni, sanoat – 106,1 % ni, qurilish – 103,4 % ni va xizmatlar sohasi – 105,9 % ni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi.

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida 40 340, 0 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 465 361 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 94 412 tani (ulushi 20,3 %) tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - iyul oylarida qiymati 19,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning avgust oyida 31 519 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyun oylarida nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan jami 3330,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 95,0 % ini tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Navoiy viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 5 710,1 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,0 % ni tashkil qildi.

 2021- yilning II choragida biznesga ishonch muhitini baholash,o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy davrdagi o‘zgarishlar, %da

 Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.

2020/2021- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarining 1- sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar soni 649,1 ming nafarni tashkil etib, 2015/2016- o‘quv yili boshiga nisbatan 26,6 ming nafarga (4,3 %) oshgan.

2021/2022 – o‘quv yili boshiga Statistika organlariga taqdim etiladigan “Umumta’lim muassasasining o‘quv yili boshiga” 1 – umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2021-yil 4-oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

  Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning 1 sentabr holatiga ko’ra, respublikamizda jami 54 279 ta oilaviy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ulardan 50 924 tasi faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 2016- yilga nisbatan 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 144,3 foizni tashkil etmoqda.

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YaHM hajmi 4,8 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 100,5 % ni, sanoat – 100,3 % ni, qurilish – 108,5 % ni va xizmatlar sohasi – 111,6 % ni tashkil etdi.

Namangan viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

Respublikada 2021-yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 694 ta elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 5 325,5 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.