Qo`mita yangiliklari

2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

 2023-yilning yanvar oyida makaronlar narxlari bir oyda 0,1 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-dekabrida  qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida kichik tadbirkorlik umumiy hajmiga nisbatan ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Jizzax viloyatida98,3 % ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida jami 21,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 62,0 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 22,8 % hamda boshqa xarajatlarga 15,2 % investitsiyalar yo‘naltirildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 31,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 101,1 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatidagi maktablar soni 1 220 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi soni 15 071,3 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 90,6 ming kishiga ko‘paygan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 20,8 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 21,4 %ni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari)ga toʻgʻri keldi. Ularning ulushi 64,2 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog’ida 55 522,7 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (24,2 %) eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Samarqand viloyatlari 9,3 % va 6,7 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

Joriy yil 22- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 22- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 1 760,6 ming tonna uzum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 383,8 tonna shinni (melassa) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 114,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 21- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Yunusova va Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi G.Raxmatullayevaning 2023- yilning 6–17- fevral kunlari Vena shahrida (Avstriya) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy dasturlash va siyosat” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroklari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Joriy yilning 1-fevral holatiga respublikamizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 159,1 foizni tashkil etdi.