Qo`mita yangiliklari

Ishonchli ma’lumotlarni qamrab olish va to‘plash maqsadida hamda ko‘p sonli tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, shuningdek statistik hisobotlarni onlayn taqdim etish bo‘yicha yangilangan eStat4.0 axborot tizimining joriy etilishini inobatga olgan holda

  2021- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 40,9 % ni, sanoat – 15,0 % ni, qurilish – 7,4 % ni va xizmatlar sohasi – 36,7 % ni tashkil etdi.

  2021- yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 44,9 % ni, sanoat – 14,8 % ni, qurilish – 6,0 % ni va xizmatlar sohasi – 34,3 % ni tashkil etdi.

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 12 339,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi.

2022-yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,3 % ni tashkil etib, bu 5 997,8  mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2022-yil 24-fevral kuni Kompleks milliy moliyalashtirish tartiblari doirasida Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining kichik va o‘rta korxonalariga moliyaviy xizmatlarni kengaytirish yuzasidan onlayn o'quv-seminari o'tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 308 tani tashkil etdi.

2022- yil yanvar oyida kichik tadbirkorlik subyektlari tomoni-dan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11 777,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ishlab chiqarilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida ularning ulushi 49,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24-25-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida  “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimida tovarlarni xarid qilishning oʻziga xos xususiyatlari" mavzusida ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 23 557,2 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil qildi.

Toshkent shahar aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

Joriy yilning 23–25- fevral kunlari Toshkent shahar statistika boshqarmasida “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 41,4 % ni, sanoat – 18,0 % ni, qurilish – 6,2 % ni va xizmatlar sohasi – 34,4 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 15,0 % ni, sanoat – 69,0 % ni, qurilish – 3,7 % ni va xizmatlar sohasi – 12,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha  jami hajmdan norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 17,2 % ni tashkil etdi yoki 1197,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 170 tani tashkil etdi.