Qo`mita yangiliklari

Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida, 

Statistik ma’lumotlar jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflash va boshqarishning eng muhim vositasidir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 11-oktabr kuni Statistika agentligi tomonidan “Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar: fakt va raqamlar” nomli statistik toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtgan edi.

Bugungi kunda respublikada 64,5 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 11,3 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 17,5 % i) Toshkent shahriga, 6,8 mingtasi (10,5 %) Toshkent viloyatiga, 6,7 mingtasi (10,4 %) Farg‘ona viloyatiga, 5,6 mingtasi (8,7 %) Samarqand viloyatiga va 5,2 mingtasi (8,1 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yil 1- noyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 31 123 tani tashkil etdi. Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 7 104 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 22,8 % i Toshkent shahrida joylashgan.