Qo`mita yangiliklari

2024-yilning 16–19-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida AQSHning Vashington shahrida joylashgan “Open Data Watch” tashkilotining Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar va Gender Data Compass (Gender ma’lumotlari kompasi) reytinglarini olib boruvchi vakili Jemison Xenninger bilan bir qator seminarlar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1- aprel holatiga, 404 676 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 397,3 tonna alyumin simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan.

2024- yil 1- aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 31 703 tani tashkil etdi. Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 6 890 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 21,7 % i Toshkent shahrida joylashgan.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Statistik ma’lumotlar jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflash va boshqarishning eng muhim vositasidir.

Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llabquvvatlash maqsadida

2024-yilning 15–19-aprel kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tashkil etilgan Uy-joy narxlari indeksini hisoblash bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan jami 544,8 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 26,9 % ni tashkil etib, shundan eng ko‘pi   kichik korxonalar bolib,  14,7 % ni  tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida ijara xizmatlari 1 349,9 mlrd soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

  Bugungi kunda respublikada 62,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 11,0 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 17,5 % i) Toshkent shahriga, 6,7 mingtasi (10,6 %) Farg‘ona viloyatiga, 6,6 mingtasi (10,5 %) Toshkent viloyatiga, 5,5 mingtasi (8,8 %) Samarqand viloyatiga va 5,1 mingtasi (8,2 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, tovar yoki xizmatlar haqida ma'lumot olish uchun internetdan foydalanayotgan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 12 % ni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 437,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 155,9 ming nafar Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.