Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, axborot va aloqa sohasida 10 551 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 174,1 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 1,2 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  6,4 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97 % ni tashkil etgan. 

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 38,6 ming tonna jun qirqib olingan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Xorazm viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 1 995,6 ming kishini tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Fargʻona viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 28 499 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning 23-25-yanvar kunlari Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Statistik qoʻllanmalarning yangi tahrirlari (Toʻlov balansi boʻyicha qoʻllanma-7 va MHT-2025)” mavzusida tashkil etilgan onlayn oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 976,2 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 9,4 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  3,3 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97 % ni tashkil etgan. 

2024-yilning 1-yanvar holatiga Toshkent shahri boʻyicha jami doimiy aholi soni 3 040,8 ming kishini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida temir yoʻl transporti xizmatidan 9 707,7 ming yoʻlovchi foydalangan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-ynvar holatiga jami 420 772 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 15,6 ming tonna asal olingan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Samarqand viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 12 629,4 ming soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 1 408,3 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 14,3 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 4,8 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 94,5 % ni tashkil etgan.