Qo`mita yangiliklari

Yangi Oʻzbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

 Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,7 % punktga kamaydi va 16,0 % ni tashkil etdi. 

 Andijon viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 65,4 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (21,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (43,7 %) o‘z ichiga oladi.

 Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 18,4 % ni tashkil etdi yoki 8949,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 111,9 % ni tashkil etdi.

 Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha 3- o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2021-yil 1- avgust holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 10,9 foiz ulushini tashkil etgan.

 2021- yil yanvar-iyun oylarida jinoyat sodir etgan shaxslarning yoshi jihatidan tahlil  qilinganida, jami jinoyat sodir etgan shaxslar 27130 nafardan iborat bo‘lib, shundan 31 yosh va undan kattalar 62,5 % ni (16957 nafar), 25-30 yoshdagilar 19,3 % ni (5224 nafar), 18-24 yoshdagilar 15,4 % ni (4184 nafar) va 13 -17 yoshdagilar 2,8 % ni (765 nafar) tashkil etgan.

Andijon viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

Respublikada kichik tadbirkorlik subyektlarining jami chakana savdo tovar aylanmasidagi hajmi 84,0 mlrd. so‘m bo‘ldi.

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 835 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 4 199,8 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hajmidagi ulushi 97,8% bo‘lib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni Qashqadaryo (99,4%), Jizzax (99,4%), Buxoro (90,0%) va Xorazm (98,9 %) viloyatlari tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-iyun oylarida turistik maqsadlarda ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 812,9 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning yanvar- iyun oylarida bu ko‘rsatkich 1438,8 ming kishini tashkil etgan.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YaHM 6,0 % ga o‘sdi va 13 530,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

            2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YaHM hajmi 21 045,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2020- yilning yanvar-iyun ma’lumotlariga nisbatan 5,6 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 100,2 %
(YaHM tarkibidagi ulushi – 36,5 %), sanoatda 108,1 % (15,5 %), qurilishda 110,5 % (6,7 %) va xizmatlar sohasida 108,8 % (41,3 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YaHM 3,7 % ga ko‘paydi va 5 307,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Joriy hisobot davrida ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 46,8 % ini tashkil etdi.

Respublikamizda tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 2 o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 236 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 21 885,8 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.