Qo`mita yangiliklari

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida O`zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalarning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 4,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 60325,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,4 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2022- yil 1- iyul holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,4 foiz ulushini tashkil etdi.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning so‘nggi besh yillikda qanchaga ko‘payganligini quyidagi holatda aks etganligini ko‘rishimiz mumkin:

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 282,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,3 % ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 50,5 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 332,1 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 18 117,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,9 %), qishloq aholisi soni 17 486,4 ming kishi (49,1 %)ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 10 994,9 ming so‘mni (yoki 995,3 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022- yilning yanvar-iyun oylari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ni dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.

Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshlig’i Q. Berdikulov boshchiligida Toshkent shahar va Toshkent viloyati boshqarmalarida uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi.

YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,6 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,4 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 2,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,1 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 3,9 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,6 f.p.)ga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 40,2 trln. soʻmdan iborat boʻlib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1/4 ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 8,1 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 389,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi.

2022 - yil yanvar-iyun oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etib, (2021 - yil yanvar-iyun oylarida 2 968,5 ming so‘m bo‘lgan) 2021 - yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 % ni tashkil qildi.

Sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 395,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming dona avtomashinalar import qilgan.