Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami 88,3 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.

2024- yil 15–16- oktabr kunlari Anqara shahrida Islom taraqqiyot banki guruhi (IsDB) bilan hamkorlikda SESRIC, IHT Statistika Komissiyasi Kotibiyati (OIC-StatCom)ning 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 30,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 6 390 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Toshkent metropolitenida jami 190,1 mln nafar yoʻlovchi tashilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 025,0 ming dona avtomobil bamperlari ishlab chiqarilgan.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlarining Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan tajriba almashish uchrashuvlari yuzasidan agentlikda taqdimot yig‘ilishi o‘tkazildi.

2024- yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 55,8 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35,6 % ini tashkil etgan.

2024- yilning 15- oktabr kuni Statistika agentligida Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida seminar taqdimot yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 1 751,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. 

Joriy yilning 17- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni o‘rtacha 53 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 44,6 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yil 1- oktabr holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 721 365 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 55,9 mln tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 134,1 tonna vafli va vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 30- sentabr–4- oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish haftaligi 2024: Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi” bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi tashkil etilgan edi.