Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 45 trln soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning  29-may kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida MDH davlatlari milliy statistika xizmatlari mutaxassislarining “Mehnat statistikasini rivojlantirish boʻyicha 21-xalqaro konferensiya”si boshlandi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha fermer xoʻjaliklarida otlar soni 60 773 boshni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida axborot va aloqa tarmogʻining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 525 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida jami yirik korxonalar tomonidan 91 865,4 tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

2024-yilning 28-may kuni ESKATO statistika byurosi aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,5 %i yoki 6,9 trln soʻmi aholi mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 6,2 trln soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 23,7 % ga koʻpaydi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda fermer xoʻjaliklari tomonidan 51 611 dona qorakoʻl teri olingan.

Joriy yilning 28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 1601 tani tashkil qildi. 

Umumtaʼlim muassasalarida 2023/2024-oʻquv yili boshida 11-sinflarda  respublika boʻyicha jami 414,6 ming nafar oʻquvchi qayd etilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 3,6 % darajasida ijobiy oʻsish qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda tashkilotdagi yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24–25-may kunlari Namangan viloyatida Statistika agentligining hududiy boshqarmalari yosh xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda tashkilotdagi yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24–25-may kunlari Namangan viloyatida Statistika agentligining hududiy boshqarmalari yosh xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tadbiri oʻtkazildi.

Respublikamizda joriy yilning 1-may holatiga sanoat sohasida 110 307 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.