Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 21- may kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Greenpark istirohat bog’ida Davlat statistika qo’mitasi, Yangihayot tumani hokimiyati hamda “Sport Victoria” shaxmat maktabi hamkorligida mahallalararo shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan “Iqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarini diskret choraklar asosida hisoblash tajribasini joriy etish orqali choraklik milliy hisoblarni takomillashtirish” mavzusida texnik ko‘mak missiyasining yig‘ilishi boshlandi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko‘p.

Joriy yilning 19- may kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

  2021- yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 33,3 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning aprel oyida 377 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonda turizm statistik to‘plami O‘zbekiston Respublikasida turizm industriyasining rivojlanishi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

2021- yilning yanvar-aprel oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 10 322,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 378,8 mln. AQSh dollariga yoki 3,5 % ga kamaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 82 794,5 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 19 937,9 mlrd. so‘mga oshdi.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 65 992,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 108,4 % ga oshdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- may holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 598 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-aprel oylarida 18 223 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

2021- yilning 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 439 927 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 91 738 tani (20,9 foiz) tashkil qildi.