Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2021- yil 1- aprel holatiga ko‘ra 34 695,6 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 136,7 ming kishiga yoki 0,4 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 17 581,6 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,7 %), qishloq aholisi soni 17 114,0 ming kishi (49,3 %)ni tashkil etdi.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Joriy yilning 21- aprel kuni Samarqand shahridagi "G‘afur G‘ulom" mahalla fuqarolar yig‘inida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha mediatur o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning mart oyida 106 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish:

Joriy yilning 20- aprel kuni Yuqori Chirchiq tumanidagi 4-umumta’lim maktabi hamda Bekobod tumanidagi madaniyat uyida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.

Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlik statistik to‘plamida kichik tadbirkorlik(biznes)ning rivojlanish dinamikasi, kichik tadbirkorlik(biznes)ning asosiy iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, kichik tadbirkorlik(biznes)da band bo‘lganlar soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2020/2021-o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlari soni 127 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  8 taga (6,7%) ko‘paydi.

2021- yil yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 60 954,8 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 8 248,5 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,8 % ni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 19- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning onlayn tarzda texnik ko‘mak missiyasi boshlandi. Missiyaga XVJning Statistika departamenti mutaxassisi janob Brayan Graf boshchilik qilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-mart oylarida 12 682 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5- apreldan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi.

2021- yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 96,5 % ni tashkil etdi

Joriy yilning 19- aprel kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi tomonidan Marg‘ilon  shahar moliya-bank texnikumi va 1-son kasb-hunar maktabida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Oʻzbekistonda transport va aloqa statistik to‘plаmidа, trаnsport vа аloqа sohаsining holаtini аks ettiruvchi аsosiy ko‘rsаtkichlаr qаtor yillаr kesimida chop etilgаn.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 19547,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 100,5 % ni tashkil etdi.