Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Samarqand viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 12 875,3 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil qildi.

 Mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari tarkibiga mehmonxona, motel, pansionat (mehmonxona tipidagi) va qisqa muddat yashash uchun mo‘ljallangan boshqa joylar kiradi.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida YaHM hajmi 5,6 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,8 % ni, sanoat – 101,1 % ni, qurilish – 109,5 % ni va xizmatlar sohasi – 108,6 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-avgust oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 67 640 tani tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 11 071,4 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil qildi.

 2020- yilda hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar soni, kishi

Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 74,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (31,9 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (43,0 %) o‘z ichiga oladi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 3458 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020- yildagi soniga nisbatan 411 taga ko‘paydi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 4,8 % ni tashkil etdi.

 So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi doirasida milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2021- yilning 17- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Raqamli iqtisodiyotning ahamiyati va mohiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

 Sinov tariqasida аholini ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1630 tani tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 7,3 % ga koʻpaydi. Ularning hududlar boʻyicha tarkibida eng koʻp korxonalar soni, yaʼni 478 tasi Navoiy shahridan roʻyxatdan oʻtgan. Mazkur hududdagi bu koʻrsatkich 2020-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 14,9 % ga koʻpaydi.

 2021- yil 1- yanvar holatiga kora, Ozbekiston Respublikasida moddiy madaniy meros obyektlari 8208 tani tashkil etdi. Arxitektura yodgorliklari  esa 2264 tani tashkil etgan, shundan eng ko‘p arxitektura yodgorliklari joylashgan hudud Samarqand viloyati 562 ta.

 2016-2020- yillar davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar hajmi 2016- yilda 1,4 trln. so‘m miqdorida qayd etilgan bo‘lsa, 2020- yil yakunidagi natijalarga asosan, ushbu ko‘rsatkich 3,4 trln. so‘mni tashkil etgan.

         2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YaHM hajmi 12,3 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 106,3 % ni, sanoat – 123,4 % ni, qurilish – 111,7 % ni va xizmatlar sohasi – 108,2 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati boʻyicha jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablagʻlarni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirgan investitsiyalari ulushi 19,8 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-avgust oylarida respublika korxonalari tomonidan 269,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 109,2 % ni tashkil etdi.