Qo`mita yangiliklari

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 282,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,3 % ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 50,5 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 332,1 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 18 117,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,9 %), qishloq aholisi soni 17 486,4 ming kishi (49,1 %)ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 10 994,9 ming so‘mni (yoki 995,3 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022- yilning yanvar-iyun oylari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ni dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.

Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshlig’i Q. Berdikulov boshchiligida Toshkent shahar va Toshkent viloyati boshqarmalarida uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi.

YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,6 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,4 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 2,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,1 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 3,9 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,6 f.p.)ga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 40,2 trln. soʻmdan iborat boʻlib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1/4 ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 8,1 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 389,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi.

2022 - yil yanvar-iyun oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etib, (2021 - yil yanvar-iyun oylarida 2 968,5 ming so‘m bo‘lgan) 2021 - yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 % ni tashkil qildi.

Sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 395,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming dona avtomashinalar import qilgan.

Milliy statistika xizmatlarining maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning I yarim yilligida Qozogʻiston Respublikasida inflyatsiya darajasi 10,5 % ni, Qirgʻiziston Respublikasida 9,1 % ni, Tojikiston Respublikasida 4,0 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston qiymati qariyb 450 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda  kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida – 57,6% ni,  Buxoro  viloyatida – 35,2% ni, Surxondaryo  viloyatida – 34,6% ni, Jizzax  viloyatida – 32,5%  ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.