Qo`mita yangiliklari

2021- yil yakuni bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 42 869 kilometrni tashkil etmoqda.

Samarqand viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 54,3 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 17 632,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 3,9 % ga o‘sdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Buxoro viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 174 tani tashkil etdi.  

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 13 756,2 mlrd. so‘mga oshib, 73 774,2 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 13 155,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 5 630,0 mln. AQSH dollariga yoki 74,8 % ga koʻpaydi.

Respublika bo‘yicha 2022- yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 59 057,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. soʻmni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 5649,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021- yilning mos davridagi ulushiga nibatan 5,1 % punktga kamayib, 6,9 % ni yoki 3,5 trln. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 20- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 24071,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikni o‘sgani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- mart oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Namangan viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 65,5 % ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 002,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi.