Qo`mita yangiliklari

2021- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra  moddiy madaniy meros obyektlari soni 8208 tani tashkil etadi. Ulardan ahamiyatliligi bo‘yicha 5759 tasi Respublika darajasidagi, 2449 tasi mahalliy darajadagi moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanadi.

 Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan muhim sohalardan biri hisoblanib, 2021- yil 1- oktabr holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0  barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

 Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020- yilning mos davridagi ulushiga nisbatan 3,5 % punktga kamayib, 18,7 % ni yoki 30612,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

         2020- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 8 551,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 93,5 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 11,2 % dan 23,3 % gacha oshdi.

 Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 201 239,8 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 45 790,3 mlrd. so‘mga oshdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – “mahallabay” va “fuqarobay” tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 28 216,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 680,4 mln. AQSH dollariga yoki 2,5 % ga koʻpaydi.

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 167 026,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 109,8 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 314,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm
indeksi* 109,0 % ni tashkil etdi.

 18–19- oktyabr 2021- yil Jenevada (Shveytsariya) ekologik statistika va ko'rsatkichlar bo'yicha qo'shma vazifa guruhining 18-sessiyasi bo'lib o'tdi. 

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 47797,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 29,1 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,5 % i yoki 15589,1 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.

21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Davlat statistika qo‘mitasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 20116,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2020- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 96,9 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2020- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 2,1 % punktga kamayib, 26,2 % ni tashkil etdi.

 Joriy yilning 15- oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Milliy hisoblar statistikasi bo'yicha texnik ko‘mak missiyasi rahbari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi. 

   2020- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 152 728,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 23,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 19,5 % dan 27,4 % gacha oshdi.

2020/2021 o‘quv yili boshiga, birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilarning jami soni 649,1 ming nafarni tashkil etib, ulardan 310,8 ming nafari (47,9 %) qizlar va 338,3 ming nafari o‘gil bolalar (52,1 % ) dan iborat.