Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-avgust oylarida respublika miqyosida eng ko‘p va eng kam sanoat ishlab chiqarish korxonalariga ega bo‘lgan hududlar.

 2020- yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hajmi, % da

 Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 290 tani tashkil etgan.

 2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 64,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 78,8 ming tonna uzum eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 462 303 tani tashkil etib, 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror osishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 126,0 foizga oshgan.

2021- yil 1- iyul holatiga, Qashqadaryo viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1604,7 ming boshni (2020- yil 1- iyul holatiga nisbatan 102,7 %), shundan sigirlar – 518,2 ming boshni (102,2 %), qo‘y va echkilar – 4629,3 ming boshni (100,9 %.), otlar – 32,6 ming boshni (102,1 %) hamda parrandalar – 5767,4 ming boshni (101,0 %.) tashkil etdi.

Hisobot yilida mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan xodimlar, tashqi o‘rindoshlar va fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarning yillik o‘rtacha soni, ming kishi

 Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 58,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (19,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (39,2 %) o‘z ichiga oladi.

 O‘zbekiston Respublikasida 1156 ta mehmonxona mavjud. Ularning asosiy qismi Toshkent shahrida (243 ta), eng kam soni Sirdaryo viloyatida (14 ta) qayd etilgan.

Yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-avgust oylarida 2 577 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda jami 691,7 ming nafar chet el fuqarolari kelgan.

2020- yilda respublikamizda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1216 ta. Ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston qiymati 548,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 948,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

 2020- yilda aholi jon boshiga ko‘rsatiladigan bozor xizmatlari hajmi 6 426,1 ming so‘mga yetdi. 2019- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 101,0 %ni tashkil etgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 1,9 foizni (soni 10 115 ta) tashkil etdi.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 Sinov hududi  statistika boshqarmalari tomonidan sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.