Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 32 953 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,4 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar oyida respublika boʻyicha taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining deyarli teng yarmi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib (49,0 %), 551,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 14 212,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 46,0 % ni tashkil etdi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2023- yil 11- martdagi 48- sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Zohidjon Ziyayevning “Hech kimni ortda qoldirmaslik” Barqaror rivojlanish maqsadlari nima uchun ushbu tamoyilga asoslanadi?” nomli maqolasi chop etildi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Buxoro viloyatining qishloq xoʻjaligi mahsuloti umumiy hajmi 33 255,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 921 tonna muzlatilgan uy parrandalari goʻshti ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,2 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-mart holatiga jami 48 307 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:

Joriy yilning fevral oyida kuz-qish mavsumi kiyim va poyabzali narxlarida 0,1-1,3 % ga pasayish qayd etildi. Kuzatiladigan kiyim va poyabzal turlari narxlari darajasi respublika boʻyicha oʻrtacha 0,1 % ga pasaydi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda  kichik tadbirkorlik subyektlarining amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar)  importining jami importdagi ulushi 49,4 % ini tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida 5,0 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha 4825,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatidagi maktablarda 159 105 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

2023-yilning fevral oyida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 14 921 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,5 % ni tashkil etadi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Jizzax viloyatining qishloq xoʻjaligi mahsuloti umumiy hajmi 23 081,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 989,3 tonna tozalangan guruch ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Piyoz narxi joriy yilning fevral oyida 9,8 % ga oshdi. Bir oy avval piyoz narxining oʻsish surʼati 44,7 % ga yetgan.