Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-may oylari yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (24,2 %) tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, savdo, yashash va ovqatlanish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 18 789,6 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning 1-iyun holatiga sanoat sohasida 110 920 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024-yil 2-iyuldagi 51-sonida “Milliy statistika tizimi global baholashdan oʻtkazildi” nomli maqola chop etildi.

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 781-son qarori, Statistika agentligi tizimida kitobxonlikni rivojlantirish bilan zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, ish unumdorligini oshirish va xodimlar madaniyatini yuksaltirish boʻyicha agentlikning 2024-yil 13-maydagi 96-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

30- iyun – Oʻzbekistonda Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 28- iyun kuni “Rahbar va yosh statistika xodimlari” uchrashuvi oʻtkazildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 12,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 66,5 trln soʻmga yetdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida 8,3 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Janubiy Koreyaga ketgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 8,8 trln soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 14,0 % ga oʻsgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, axborot va aloqa tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 5 555,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-iyun holatiga jami 294 950 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish – tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish garovi” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 59,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 7,2 % ga oshgan.

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.