Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Andijon viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 11 977,5 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2855 tani tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 10,1 % ga ko‘paydi.

 2021- yil 1- yanvar holatiga kora, Ozbekiston Respublikasida moddiy madaniy meros obyektlari 8208 tani tashkil etdi. Shundan, arxeologik yodgorliklar 4788 tani tashkil etgan bo‘lib, eng kop yodgorliklar Qashqadaryo viloyatida joylashgan 1189 ta.

2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM hajmi 9,6 % ga o‘sdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 033 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davri bilan solishtirganda 117,6 %ga oshgan.

Bugungi kunga kelib, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida aloqa va axborotlashtirish sohasining o‘rni beqiyos. Ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi, 2016- yil yakunlariga ko‘ra 6,3 trln. so‘mni tashkil etgan. Sohada olib borilgan islohotlar natijasidasida 2020- yil natijalariga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 13,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

 Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 67,4 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (27,0 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (40,4 %) o‘z ichiga oladi.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 273,2 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,4 % ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablag‘larni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirgan investitsiyalar ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 7 oyida O‘zbekiston 15 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 16,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 90,8 ming tonna karam eksport qilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida respublika bo‘yicha 25 687 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

 2021- yil 16- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida joriy yilning “Аholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 2,7 % ni tashkil etdi.

2021- yilning 1- sentabr holatiga koʻra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 10 699 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 121,2 foizga oshgan.

2021-yilning yanvar - iyun oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 7 316,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 100,4 % ni tashkil qildi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021-yili 1-yanvar holatiga maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni jami 1196,4 ming  kishini tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 1,6 barobarga oshganini ko‘rish mumkin, ularning yillar kesimidagi soni quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  avgust oyida 3 286 ta ajrim holatlari qayd etilgan.