Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 78,3 %ni tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida pochta va kuryerlik xizmatlarining yuqori o‘sishi Qashqadaryo (63,8 %), Surxondaryo (60,3 %), Farg‘ona (51,3 %), Namangan (43,4 %) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (34,6 %) qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 35,9 % ni, sanoat – 19,9 % ni, qurilish – 7,0 % ni va xizmatlar sohasi – 37,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.

Joriy yilning 28- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirga taniqli iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Gʻulomov Saidahror Saidahmedovich taklif etildi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 133,2 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 104,1 %), 899,8 ming tonna sut (101,0 %), 397,9 mln. dona tuxum – (101,3 %), yetishtirildi va 13 907 t. baliq (165,6 %) ovlandi.

2022- yil 1-dekabr  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 978 ta.

2021-yil yakunlariga koʻra kichik korxona va mikrofirmalarda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni 36 472 tani tashkil etib, 2020-yilga nisbatan mos ravishda 177 taga koʻpaygan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 5,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,4 ming tonna apelsin import qilingan.

2022- yilning yanvar- noyabr oylarida, bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida viloyatida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 865,8 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 11,6 % ini tashkil etdi va o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 151,8 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 72,1 %ni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda 2022-yil yanvar-noyabr oylarida jami 1 125 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 553,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 21,7 % ni, sanoat – 48,2 % ni, qurilish – 5,6 % ni va xizmatlar sohasi – 24,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Fargʻona viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 130,6 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 101,7 %), 774,6 ming tonna sut (102,4 %), 457,6 mln. dona tuxum (105,4 %), yetishtirildi va 6 074 t. baliq (116,8 %) ovlandi.

2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni (15 497 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.