Qo`mita yangiliklari
30/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilning 28–30- dekabr kunlari Pokiston statistika byurosi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadalari ko‘rcatkichlari – 3” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
30/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston 2020- yilning 1- dekabr holatiga xorijdan 31,9 ming tonna banan import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 3,4 ming tonnaga kam. Joriy yilda O‘zbekistonga banan asosan Ekvador davlatidan (29,8 ming tonna) olib kirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 oyida jami faoliyat yuritayotgan 4 930 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 30,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi.
29/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
STATISTIKA SOHASINING ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALARI. Mazkur to‘plam Davlat statistika qo‘mitasining statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilarning keng ommasi hamda statistika organlari xodimlari uchun mo‘ljallangan rasmiy nashri hisoblanadi.
29/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN STATISTIKA. Mazkur statistik to‘plam Davlat statistika qo‘mitasining umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan birinchi rasmiy nashri hisoblanadi.
29/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 1- dekabr holatiga 997 ta faoliyat yuritayotgan metallurgiya sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2020- yilning yanvar–noyabr oylarida 70,9 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yil yanvar–noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,3 % ni tashkil etdi.
29/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil 28- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn muzokara o‘tkazildi.
Joriy yilning 23- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 808-son qarori qabul qilindi.
28/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 28- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan ko‘rinishdagi rasmiy saytining onlayn taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, davlat statistika tizimi xodimlari uchun, muntazam ravishda, yurtimizning mashhur sport ustalari bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
“Народное слово” gezetasining 2020- yil 25- dekabrdagi 271- sonida Davlat statistika qo‘mitasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanovning “Ochiq ma’lumotlar sohasidagi keskin o‘zgarish” nomli maqolasi chop etildi.
28/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
“Янги Ўзбекистон” gezetasining 2020- yil 26- dekabrdagi 252- sonida Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov hamda Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanovning fikr-mulohazalari asosida “O‘zbekiston 125 pog‘ona yuqoriladi” nomli maqola chop etildi.
25/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “1- yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7- bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, 2021- yil 1- yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash indekslari ishlab chiqildi.
25/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli Qarori mamlakatimizning ochiq ma'lumotlar sohasida bir qator yutuqlarga erishishi uchun mustahkam zamin yaratdi.
25/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 40,7 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 mingtaga oshdi.
25/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
“Халқ сўзи” gezetasining 2020- yil 25- dekabrdagi 272- sonida “O’zbekiston 1,7 mlrd. AQSH dollarlik to’qimachilik mahsulotlari eksport qildi” nomli infografika e’lon qilindi.
O‘zbekiston noyabr oyida 3,6 mln. AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar shinasini import qilgan
25/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020- yilning 11 oyida xorijdan qiymati 58,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yengil avtomobillar shinasini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 12,7 mln. AQSh dollariga kam.
24/12/2020 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
985-sahifa 1010 dan


