Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 15,6 ming tonna asal olingan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Samarqand viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 12 629,4 ming soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 1 408,3 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 14,3 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 4,8 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 94,5 % ni tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 158 ming. l. tabiiy uzum vinolari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Toshkent viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 3 051,8 ming kishini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 1 321,1 ming dona qorakoʻl teri olingan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylari davomida trolleybus transportida 669,6 ming yoʻlovchi tashilgan.

Joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 584 ta  korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Fargʻona viloyatida YAHM hajmi 4 % ga oʻsib, 46 432,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Navoiy viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 14 053 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahri boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 327,7 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 0,7 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Jizzax viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  3,5 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi  99,7 % ni tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 437,1 tonna alyumin simlar ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Surxondaryo viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 2 877,1 ming kishini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylari davomida tramvay transportida 3 402,2 ming yoʻlovchi tashilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga jami 44 935 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.