Qo`mita yangiliklari

2021- yil yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra asosiy kapital yalpi jamg‘arilishining YaIM tarkibidagi ulushi 35,2 % ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2017- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 10,8 foiz punktga oshgan.

2022- yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 1,6 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 5,7 %ga o‘sdi.

2021- yil yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 7,2 % ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 0,2 foiz punktga, 2017- yil bilan taqqoslaganda esa 3,8 foiz punktga kamaygan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  13,4 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga eng ko‘p Yakkasaroy tumanida67,8   birlikni tashkil qildi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan  korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45,9 % ni, savdoda 45,6 % ni, qurilishda 45,1 % ni, sanoatda 43,4 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirganda 79,6 foizni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- may oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni (14 845 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshgan.

Joriy yilning 29- iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi tomonidan tizim uchun tomonidan “Mening Konstitutsiyam” mavzusida seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-may oylarida  Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

2022- yilning 1- iyun holatiga 1,5 mln. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda echkilarning umumiy bosh soni 3643,2 ming boshni tashkil etdi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda qorakoʻl zotli qoʻylarning umumiy bosh soni 6060 ming boshni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida  kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasi hajmi 45086,1 mlrd. so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,0 % ni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 60,0 % ni, qurilishda – 58,8 % ni, xizmatlar sohasida 57,9 % ni, sanoatda – 57,1 % ni, tashkil etdi. 

2021- yil yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra tovarlar va xizmatlar eksporti 174 384,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 12,7 % ga o‘sgan.

Respublikamizda 2022- yil 1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni (168 472 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshgan.

2021- yil yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar importi 294 888,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 23,1 % ga o‘sgan.