Qo`mita yangiliklari

Maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 41 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 215,6 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasida davlatimizning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlgan bir guruh xodimlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-419-son qarori ijrosi yuzasidan tuzilgan Demografiya va mehnat statistikasi boʻyicha idoralararo ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 4 975,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-oktabrga nisbatan o‘sish sur’ati 178,2 % darajasida qayd etildi.

 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 5264,2 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 68,5 % ni tashkil etdi. Farg‘ona viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib,  93,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM 4,7 % ga o‘sdi va 22 646,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 

             2022-yil 1-oktabr holatiga, Andijon viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 119,7 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 102,9 %), shundan sigirlar – 386,0 ming boshni (103,4 %), qoʻy va echkilar – 1 506,6 ming boshni (102,0 %), otlar – 7,0 ming boshni (103,9 %) hamda parrandalar – 9 168,4 ming boshni (113,0 %) tashkil etdi.

 Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2022- yilning yanvar–oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,1 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,6 % punktga ko‘paydi. 

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil yanvar-noyabr  oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar  soni 86 810 tani tashkil etdi. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz)  quyidagicha shakillandi:

  2022-yil 1-oktabr holatiga Buxoro viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 303,4 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 102,8 %), shundan sigirlar – 429,4 ming boshni (102,8 %), qoʻy va echkilar – 2 316,1 ming boshni (103,5 %), otlar – 7,2 ming boshni (108,3 %) hamda parrandalar – 6 129,1 ming boshni (116,1 %) tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha jami 3326,2 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,2 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-dekabr holatiga, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 12 063 tani tashkil etgan.

2022- yilning 6- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tashkilotlarning 2021-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari boʻyicha milliy reytingi ishlab chiqilgan edi. Mazkur reyting natijalariga koʻra, “Ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti birinchi oʻrinni egalladi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 555 tani tashkil etdi. Joriy  yil boshidan esa bu sohada 1 485 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.