Qo`mita yangiliklari

Ishchi guruh vakillari Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik arafasida, ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda, ehtiyojmand oilalar va keksalar holidan xabar olinmoqda.

2022- yilning yanvar - iyun oylarida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida (8630,3 mlrd.so‘m yoki mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 59,5 % i), Toshkent viloyatida (3343,0 mlrd.so‘m yoki 59,5 % i), Samarqand viloyatida (3098,7 mlrd. so‘m yoki 75,0 % i) qayd etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog’ida 104,2 trln. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Navoiy viloyati (21,8 %) eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent shahri va Toshkent viloyati 19,9 % va 19,5 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p dasturlarni tuzish va teleradioeshittirish xizmatlari – 40,1 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,1 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar va boshqa nashriyot xizmatlari – 22,4 % ni egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)da qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi  umumiy hajmiga nisbatan ulushi 97,2 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Buxoro viloyatida – 99,0 % ni tashkil qildi.

AKT xizmatlari sektorining umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari – 68,3 %, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar – 17,9 %, shuningdek, kompyuterlar va aloqa usukunalarini taʼmirlash bo‘yicha xizmatlar - 5,6 % ni egallaydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YAHM 4,1 % ga o‘sdi va 15 966,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 45,4 %),

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3 226,7 ming tonna – sabzavotlar yetishtirildi.

Respublikamizda 2022-yilning yanvar- iyul oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 1 522 ta bo‘lib, ular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,0 % punktga kamaydi va 19,8 % ni tashkil etdi. Qolgan 80,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,0 % punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 229,8 ming tonna – oziqbop poliz yetishtirildi.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan muhim sohalardan biri hisoblanib, davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra 2022- yil 1- avgust holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshganligi ma’lum bo‘ldi.

2022- yilning yanvar - iyun oylarida Buxoro viloyatida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 2751,3 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes)da  tovar va vaxizmatlar  import hajmi 6504981,9 ming.AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 117,1 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p import  kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri kelib,  3619464,0 ming. AQSh. doll ni tashkil qildi.

2022-yil yanvar-iyul oylarida jami 3 262,5 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan. Ushbu koʻrsatkichni 2021- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021- yilda 1 027,7 ming nafar) 2 234,8 ming nafarga yoki 3,2 martaga oshganini kuzatish mumkin.