Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (38,1 %), Toshkent (7,3 %), Samarqand (6,4 %) va Farg‘ona (6,3 %) viloyatlari kabi hududlarga  to‘g‘ri keldi.

2022- yil yanvar-iyun holatiga Qashqadaryo viloyatida aholi umumiy daromadlarining 59,0% kichik tadbirkorlikdan olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlarining 63,6% kichik tadbirkorlikdan olingan.

2022- yil 1- avgust holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 565 982 tani tashkil etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze 2022-yil 23–25-avgust kunlari mamlakatimizda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari bilan taninish maqsadida tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 23–25-avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtayotgan yuqori darajadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 8-sessiyada ishtirok etmoqda.

Shu yilning 4- avgustidan boshlab, respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar ro‘yxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini o‘rganish ishlari boshlandi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 221,6 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 23,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 143,1 % ni va jamiga nisbatan 19,8 % ni tashkil etdi.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

2022- yil yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarish sanoati tarkibida metallurgiya sanoatida 4941,5 mlrd.so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda respublika boʻyicha 305 211 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, 1991-yil maʼlumotlari bilan solishtirilganda 34 941 taga koʻpaygan.

2022- yilning iyul oyida qovun bir oyda 22,8 % ga arzonlashdi. O‘z o‘rnida qovun o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 13,7 % ga arzonlashdi.

 2022- yilning yanvar-iyul oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 7 664,2 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,0 % ini tashkil etdi.

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekistonda 2022-yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 501 768 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 498 214 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 53,8 % ini tashkil etdi.