Qo`mita yangiliklari

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida YAHM hajmi 8,0 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar oyida Buxoro viloyatida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 41,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida markazlashgan moliyalashtirish manbalaridan Respublika budjeti 2081,1 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 7,5 % ini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 92,6 %ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga 10 ta davlatdan qiymati 1,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.

2022- yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1 074,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 121,2 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM hajmi 10,7 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar oyida Andijon viloyatida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 4,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida markazlashgan moliyalashtirish manbalaridan Respublika budjeti 1108,6 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 12,7 % ini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 89,1 % ga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Andijon viloyati 4,5 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 7,9 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 13,6 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 15,0 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 21,9 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 37,1 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2022- yilning fevral oyida respublika boʻyicha 3 985 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

 Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar oyida 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.

Oyoq kiyimlar eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 794 896 juftga kamaygan.

2022- yilning fevral oyida pul oʻtkazmalari uchun haq toʻlash xizmatlari narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,1 % ga arzonlashgan.

Pul oʻtkazmalari uchun haq toʻlash xizmatlari narxlari oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda oʻrtacha 3 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga 39 ta davlatdan qiymati 26,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 20,9 ming tonna qogʻoz va karton import qilingan.

2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 44 217 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 288 taga ko‘p.

Qashqadaryo viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 14 700,8 milliard so‘mni yoki 2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,7  % ni tashkil qildi.  

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2,6 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 6,1 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 10,7 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 18,3 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 23,5 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 38,8 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.