Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-iyun oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi qariyb 5 411,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 140,8 foizga etdi.

Respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 34 318,6 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2 875,4 mln. kVt soatga oshgan holda, o‘sish sur'ati 109,1 foizni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi 10 000 аhоliga 27 nafar shifokorni tashkil etadi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 16,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- avgust holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,5 mingtani tashkil etib, ulardan 12,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, respublikada 2021- yilning yanvar–iyun oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 5 807,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil 1- yanvar holatiga shifoxona muassasalari soni jami 1232 tani tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan joriy yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, hududlar orasida avtomobil transportida yo‘lovchi tashishda tarkibining katta qismini Toshkent shahri egallaydi. 2021- yilning yanvar-iyun oylarida uning ulushi 19,7 % ga teng bo‘ldi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 48609,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning   yanvar- iyun oylariga nisbatan 100,1 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2020/2021- o‘quv yili boshida jami oliy taʼlim tashkilotlari soni 127 tani tashkil etib, unda jami 571,5 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 260,0 ming nafari (45 %) qizlarni tashkil etadi.

Respublikada 2021- yil yanvar-iyun oylarida 19406 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, shundan 51,8 foizi farzandlarsiz, 27,8 foizi bir nafar farzand bilan va 20,4 foizi ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 6 oyida respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1 172 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 44 960,3 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 6,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan konditsioner eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 99 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi  bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM o‘sishi 6,2 % ga yetdi.