Qo'mita yangiliklari

 Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyati tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun iste’mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Bugun Davlat statistika qo`mitasi bo‘lim boshlig‘i U.Madaminov 2019-yilning 8–10 iyul kunlari Florensiya shahridagi (Italiya) YuNISEFning “Innochenti” tadqiqot markazida “Bolalar qashshoqligini keng ko‘lamda baholash” mavzusidagi seminar yuzasidan taqdimot o`tkazdi.

Xorazm viloyati tuman (shahar) statistika bo`limlari xodimlari uchun Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari tomonidan iste`mol narxlari kuzatuvini shakillantirish hamda iste`mol narxlari indeksini hisoblash masalalariga bag`ishlangan  seminar o`tkazildi.

2019-yilning 8–10-iyul kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YuNISEFning “Innochenti” tadqiqot markazida “Bolalar qashshoqligini keng ko‘lamda baholash” mavzusida seminar tashkil etildi.

 Davlat statistika qo`mitasining mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi tuman (shahar) statistika bo`limlari xodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblashga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Hurmatli Davlat statistika qo`mitasining axborot resurslaridan foydalanuvchilar!

 Farg`ona viloyati statistika boshqarmasida Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Namangan viloyati tuman va shahar statistika bo`limlari xodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Davlat statistika qo`mitasining mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyati tuman (shahar) statistika bo`limlari xodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

2019-yilning yanvar-iyun oylarida Respublikamizda 56,1 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o'tgan yilning shu davriga nisbatan 26,7 mingtaga ko'pdir.

Joriy yilning 9 iyul kuni  Davlat statistika qo`mitasi vakillarining Osiyo taraqqiyot bankining Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi missiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Shu yilning 9-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son farmonida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida  xalqaro tajribani o`rganish masalalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi.

2019-yilning 5-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida milliy hisoblar, narxlar va qishloq xo`jaligi statistikasi ko`rsatkichlarini shakllantirish bo`yicha mas`ul mutaxassislar ishtirokida seminar bo`lib o`tdi.

Davlat statistika qo`mitasining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i A.Sultanov Kiev shahrida bo`lib o`tgan ochiq ma`lumotlar ekotizimini shakllantirishga bag`ishlangan seminarda ishtirok etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF–5729-son Farmonida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Andijon viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha  yig`ilish bo`lib o`tdi.

Yevrostat tomonidan 2019-yilning 2-3 iyul kunlari Litvaning Vilnyus shahrida Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarida qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.