Qo'mita yangiliklari

“Халқ сўзи” gazetasining shu yil 20- noyabr sonida “Qonun qabul qilindimi, albatta, hayotda o‘zgarish bo‘lishi kerak” nomli maqola chop etildi. Materialda deputatlar tomonidan Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritilgan. Xususan, “Rasmiy statistika to‘g’risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha ham.

2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tabdiriga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2021- yilda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Usmonobod mahallasida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish tadbirlari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida shu yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Xitoy – 5,1 mlrd., eksport – 1,6 mlrd., import – 3,5 mlrd. AQSh dollari

Joriy yilning 18-19 noyabr kunlari Yevropa statistiklari konferentsiyasi byurosi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamkorligida rasmiy statistikani modernizatsiya qilish bo'yicha ishchi guruhining onlayn seminari tashkil etildi.

Pandemiya davrida Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi xayrli va savobli ishlarda tashabbus ko‘rsatib, mehnat  faxriylarini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

2020- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 30 059,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 4 256,9 mln. AQSh dollariga yoki 12,4 % ga kamaydi.

 Respublika bo‘yicha 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 154 496,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2019- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 1,2 % ga oshdi.

Joriy yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2020-yilning yanvar-oktabr oylarida 1 371 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilib, jami faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 1-noyabr holatiga 11 475 tani tashkil etdi.

2020- yil yanvar-oktabr oylarida 77 917 ta kichik tadbirkorlik subyektlari (dehqon va fermer xoʻjaliklarisiz) yangi tashkil etilib, jami faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1- noyabr holatiga 398 771 tani tashkil etdi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning barcha ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda yangi, ochiq tashqi siyosat, barcha sohalardagi ochiqlik va shaffoflik mamlakatning jahon hamjamiyatidagi ijobiy imiji va obroʻsini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Statistik ma’lumotlarning shaffofligi hamda obyektivligi ham shular jumlasidandir.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda respublikaning jami hajmida eng yuqori

2020- yilning 18- noyabr kuni Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika boʻyicha onlayn seminar boʻlib oʻtdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020- yilning yanvar-oktabr  oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:

Joriy yilning 18- noyabr kuni Bolgariya hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) hamkorligida “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida demografik barqarorlik va barqaror rivojlanish” mavzusida onlayn brifing bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.