Qo`mita yangiliklari

2024-yilning 23–25- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16–25-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida agentlik mutaxassislari hamda vazirlik va idoralarning gender ma’lumotlarini shakllantirish uchun mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminarlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024-yil 30-apreldagi 33-sonida Mirobod tumani  statistika boʻlimi boshligʻi Kamol Jamolovning  “Aholini roʻyxatga olish — muhim masala” nomli maqolasi chop etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 8,2 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024-yil 30-apreldagi 33-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Raqamli koʻrsatkichlar” nomli ma’lumot chop etildi.

O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlari jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-hunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 226 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 576 tasi qoʻshma va 9 650 tasi xorijiy korxonalardir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 319,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8  barobarga oshgan.

2024-yilning 23–25-aprel kunlari Polshaning Vrotslav shahrida Yevropa statistika tizimi sifat asoslari va standartlarini targʻib qilish – Sifat va metamaʼlumotlar hisobotlari uchun Yevropa statistika tizimi qoʻllanmasi boʻyicha seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 363,4 ming nafar Tojikiston fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan.

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Joriy yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylari holatiga respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,4 mlrd. dona tuxum yetishtirilgan.

2023-yilning yanvar-dekabrida 86 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etildi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 16,3 mingtani tashkil etdi.

Joriy yilning 29-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

“Народное слово” gazetasining 2024-yil 27-apreldagi 81-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida tashqi savdo aylanmasi raqamlarda aks ettirilgan.