Nashr qilish davri — noyabr.

Ushbu to‘plam O‘zbekiston ayollari va erkaklarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini tavsiflovchi nashr hisoblanadi. Unda demografiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik va ishsizlik, ijtimoiy himoya, huquqbuzarliklar statistikasi va boshqa ko‘rsatkichlar gender jihatdan keltirilgan. To‘plam keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar – olimlar, mutaxassislar, gender muammolari bilan shug‘ullanuvchilar, nodavlat va xalqaro tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan.