To‘plamda yalpi ichki (hududiy) mahsulot, aholi soni va demografiyasi, uning ish bilan bandligi, daromadi, aholi turmush darajasi, ma’lumotliligi darajasi, kasallikka chalinishi, sog‘liqni saqlash va madaniyat, uy-joy bilan ta’minlanganligi, uy-joy fondining obodonlashtirilganligi, tovarlar va xizmatlar iste’mol bozori to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

To‘plamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va ijtimoiy-madaniy qurilish, transport va aloqa, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning umumiy tavsiflash ma’lumotlariga asosiy o‘rin ajratilgan. Qiymat shaklidagi ko‘rsatkichlar amaldagi narxlarda, ularning o‘sish sur’atlari taqqoslama narxlarda keltirilgan.