Nashr qilish davri — oktabr.
«O‘zbekistonda asosiy fondlar» statistik to‘plamida asosiy fondlar balansi ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda, iqtisodiyot va uning tarmoqlari hamda mulkchilik shakllari bo‘yicha asosiy fondlarning mavjudligi, ularning harakati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida asosiy fondlar tarkibi, yangilanishi, chiqib ketishi va eskirish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar berilgan.


